Iqtisodiyot

Ma'lumot mavjud emas.

Kafedra tarixi

"Kafedra 1967 yilda ""Siyosiy iqtisod"" nomi bilan tashkil etilgan. 1992 yilda kafedra nomi o‘zgartirildi: ""Iqtisodiyot nazariyasi"" va 2021 yilda ""Iqtisodiyot"" 2012-2013 o‘quv yilida kafedraga 5231600 – ""Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi"" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilindi. 2023-2024 o‘quv yilida ushbu ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shaklining so‘nggi yili bitiruvchilari o‘qishni tugatdilar. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishi nomi va kodi 60411400 – ""Inson resurslarini boshqarish"" deb o‘zgartirildi. Shuningdek, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab kafedrada 60310100 – ""Iqtisodiyot"" bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab magistrantlar 70411401 – ""Inson resurslarini boshqarish"" mutaxassisligiga, 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab esa 70410102 - ""Iqtisodiyot"" mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga o‘qishga qabul qilindi. Qishki qabul 2023-2024 o‘quv yilida 3 nafar magistrant o‘qishni tamomladilar, hozirda 2 ta yo‘nalishda 8 nafar magistrant tahsil olmoqda. Kafedrada 08.00.12 - ""Mintaqaviy iqtisodiyot"" va 08.00.13 -""Menejment"" ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura faoliyat yuritib, unda 3 ta kursda jami 11 nafar tayanch doktorantlar tahsil olmoqdalar. 2023 yildan hozirgi paytgacha kafedrani iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.O.Ochilov boshqarib kelmoqda."
"Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi mavzusi: -""Oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy ishlab chiqarish korxonalari integratsiyasini rivojlantirish yo‘nalishlari"". Kafedrada 2025-yil 2-3-may kunlari “Yashil energetika va iqtisodiyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, iqtisodiyot, turizm va marketing sohasi mutaxassislari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, magistrant va talabalar o‘zlarining ilmiy maqola va ma’ruzalari bilan kunduzgi va sirtqi bo‘limlarda ishtirok etdilar. Bundan tashqari kafedrada hozirgi kunda professor o‘qituvchilarning Scopus, Web of science kabi xalqaro bazalarda hamda OAK tan olgan mahalliy hamda xalqaro jurnallarda 600 dan ortiq ilmiy ishlari, shu bilan birga ularning 20 ga yaqin monografiya, 10 dan ortiq darslik, 20 ga yaqin o‘quv-qo‘llanmalari chop etilgan."
Kafedra ilmiy-tadqiqot, ilmiy sohalarda bir nechta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ular quyidagilardir: 1. Sankt-Peterburg politexnika universiteti. 2. Sankt-Peterburg davlat universiteti. 3.Rossiya iqtisodiyot universiteti. 4. Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi moliya instituti. 5. Moskva shahar pedagogika universiteti. 6. Don davlat texnika universiteti. 7. Qozon Federal universiteti. 8. Belarus davlat universiteti. 9. Belarus milliy texnika universiteti. 10. Boshqirdiston davlat agrar universiteti. 11. Tuva davlat universiteti

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP